Jarqo‘rg‘onda monomarkaz ish boshladi

Date:

Aholining ish bilan ta’minlanishi har doim ham muhim masala bo‘lib kelgan. Bu borada esa tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganki, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan aholi qatlamining ham bandligi ta’minlanib, mo‘may daromad olish imkoni tug‘ilyapti.


Ayniqsa, hududlarda monomarkazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishsizlarning qiziqish va layoqati hisobga olinib, o‘qitilayotgani fikrimiz isbotidir. Jarqo‘rg‘on tumanida ham ana shunday monomarkaz ish boshladi. Surxondaryo viloyati hokimi monomarkazning ochilish marosimida ishtirok etib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, ish o‘rinlari, kasb-hunar to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.


Aytish kerakki, ushbu monomarkazda aholi doimiy ehtiyoj sezadigan soha va kasblar bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Avtomobillar ustachiligidan tortib, chilangarlikkacha, tikuvchilikdan pazandachilikkacha bo‘lgan kasb sirlari o‘rgatiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun