AQSH bilan hamkorlikda…

Date:

Yurtimizning turizm salohiyati haqida gap ketganda, doimo xorijiy sayyohlar uchun O‘zbekistonning turizm salohiyatini ochib beruvchi qo‘llanma yo‘qligi, borlari ham talab darajasida emasligi tilga olinadi. To‘g‘ri, yosh soha bo‘lmish turizm sohasini rivojlantirish uchun mas’ullar ko‘proq mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bartaraf etilishi lozim bo‘lgan jihatlar ham yo‘q emas. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etishda Termiz davlat universitetining xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorligi qo‘l keldi. TerDUning xalqaro hamkorlik boʻlimi va Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi oʻrtasidagi hamkorlik asosida “Tourism English for Uzbekistan” nomli oʻquv qoʻllanmasining nashrga tayyorlangani ana shu muammoga munosib yechimdir. Ushbu qo‘llanmaning 500 nusxasi esa universitet kutubxonasiga hadya qilindi.
Aytish kerakki, AQShning Vayoming universiteti va AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida chop etilgan ushbu oʻquv-qoʻllanma Oʻzbekistondagi turizm salohiyati va imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlar berish bilan birga, shu sohaga oid atamalar, matn va mashqlar hamda turizm yoʻnalishi talabalarining ingliz tili koʻnikmasini rivojlantirish uchun ham foydali.
Talabalar ushbu oʻquv qoʻllanmadan foydalanib, bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun