Uzilishlarga chek qo‘yildi

Date:

Elektr energiyasidagi uzilish qishning izg‘irini-yu, yozning chillasida yaqqol seziladi. Chunki sovuqda va issiqda jon saqlab, zarur texnikalarni ishlatish uchun elektr energiyasi zaruratga aylanadi. Shaharda elektr energiyasida o‘chish bo‘lmas, ammo ba’zi chekka hududlarda hali-hamon shunday uzilishlar yuzaga kelib, aholi uchun muammo tug‘dirishi haqiqat.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayantoq” mahallasida ham ayni muammo mavjud edi. Elektr tarmoqlar eskirib, tez-tez uzilishlar bo‘layotgan edi. Surxondaryo viloyatining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun “О’ZBEKGIDROENERGO” AJ tomonidan ajratilidagan mablag‘larning 2023-yil dastlabki manzilli ro‘yhatiga asosan Jarqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning “Qorayontoq” mahallasi hududida joylashgan 35/10 kV “Parrandachilik” podstansiyasidan chiquvchi 5-fider quvvati 180 kVA bo‘lgan 860-sonli transformator punktiga qo‘shimcha o‘rnatiladigan 160 kVA transformator punktiga 0,4 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ining qurish ishlari bajarildi. Natijada mahallada elektr energiyasining o‘rinsiz uzilishlariga chek qo‘yildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun