Xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan biri

Date:

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” o‘quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirokchilar harbiy-amaliy ko‘pkurash sinovlaridan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi. Aytish kerakki, ushbu sinovlar yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhitini yaratdi.
Musobaqada 43 ta jamoa vakillari ishtirok etib, belgilangan shartlarni bajarishdi. Har bir jarayon va shartlar qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Jamoalar harbiylashgan estafeta, arqon tortishda o‘zaro kuch sinashishgan bo‘lishsa, qurolni noto‘liq holda sochib-yig‘ish sharti, ayniqsa, qiziqarli kechdi. Ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish, pnevatik miltiqda o‘q otish paytida ishtirokchilar zavq-shavqqa to‘lishdi. Turnikda tortilish sharti jismoniy imkoniyatlarni namoyon etgan bo‘lsa, intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida ham sinovlar qiziqarli va maroqli o‘tdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra Qozog‘iston terma jamoasi I o‘rinni, O‘zbekiston terma jamoasi II o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun