Termizda ming o‘rinli bilim va malakalarni baholash markazi qurilmoqda

Date:

Bugungi kunda malakali va salohiyatli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda talab har doimgidan-da yuqori. Ammo, xodimlarni ishga qabul qilishda ma’lum me’yor va talablarning qo‘yilmasligi bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yishga sabab bo‘layotir. Termiz shahridagi “Tinchlik” mahallasi hududida loyiha qiymati 21 milliard so‘m bo‘lgan, Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati filiali uchun yangi bino qurilayotgani bu borada yangi qadamni boshlab bersa, ajab emas. Aytish kerakki, ushbu bino ming o‘rinli bo‘lib, barcha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Ayni damda mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari qanday kechayotgani bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qiziqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Loyiha pudratchisi bo‘lmish “Termiz Boysun qurilish” MChJ quruvchilariga ishlarni sifatli amalga oshirish, soha mas’ullariga qurilish ishlarini doimiy nazorat qilib borish topshirig‘ini berdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun