Xavfsiz yordam

Date:

— Topib ber deyapman, bola! — Bir qo‘li bilan daraxt shoxini o‘ziga tomon tortib turgan Salimning olma uzishga chog‘langan ikkinchi qo‘li qo‘shnining devor oshgan dag‘dag‘ali xitobidan bir zum havoda muallaq qoldi. ㅡ Ha, ko‘nglidan o‘tkazdi ㅡ demak, Shokir aka yana ichib olib uyida janjal qilyapti. Daraxt shoxini sekin qo‘yvorib, qo‘shni devor yoniga turib oldi. «Pichoqni tashlang, dada!» ㅡ Voy tavba, ana xolos! ㅡ birdan seskanib ketib yoqasini ushladi. ㅡ Nimadir qilish kerak, lekin nima?
Tortishuv uzoq davom etdi. U goh labini tishladi, goh og‘zini qo‘li bilan berkitdi, goh bosh chayqadi. Lekin yelkasiga og‘ir yuk ortilgan odamday engashgancha qimir etmay eshitib turaverdi.
Yo‘q, Salim ham anoyilardan emas, chorasini topadi. Axir, u mahallaning faol vakili! Jamoatchi! Tuyqus xayoliga kelgan fikrdan muammoning yagona chorasini topgan kishiday his etdi o‘zini va sodir etilajak jinoyatga guvoh sifati borib aytadigan gaplarini birma-bir o‘ylay ketdi: «Qotil – Shokir Xudoyberdiyev…»

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ipak yo‘lida uyg‘onish”: Surxon jozibasi namoyon

Bugun turizm sohasi nafaqat iqtisodiyotning faol rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri,...

To‘palangdan Termizga suv keldi

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini...

Halollik — tanlov emas, majburiyat

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar...

Tarixiy ildizlarda yangi hayot nafasi

Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, asrlar davomida turli sivilizatsiyalar...
KunTun
KunTun