Shaxslar

Date:

— Shu yerga kelishimga sen sababchi bo‘lding, endi o‘limga mahkumsan.
— Ayb menda emas!
— Hamma ayb senda, sen lattalik qilding, endi qo‘limni bog‘lab qo‘yishdi. Agar bog‘ichni bir amallab yechib olsam, seni shu bog‘ichga osaman.
Uning jinnilardek o‘zi bilan o‘zi tortishayotganini zimdan kuzatib turgan boshqa bir shaxs chidab tura olmadi:
— O‘zinga kel, ahmoq, axir sen bir o‘zingsan. Jinnidek o‘zing bilan o‘zing suhbatlashyapsan.
— Bu aqlli yana kim bo‘ldi?!
— Tanimadim. Uni oldin ko‘rmaganman – dedi ikkinchi shaxs.
Ularning tortishuvini videokamera orqali kuzatib o‘tirgan shifokor o‘z tashxis qog‘ozini quyidagi jumlalar bilan boshladi: “Bir shaxs miyasida uch shaxs bilan yashaydi va suhbatlashadi. Balki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin…”

Yunusbek Sobirov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun