Oltin va kumush medallar topshirildi

Date:

Munosib ta’lim-tarbiya olgan, namunali xulqi, jamoat ishlari, tadbir hamda tanlovlarda faollik ko‘rsatgan o‘quvchi-yoshlarning mehnati, harakat va intilishlari besamar ketmaydi. Ular maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Albatta, oltin medal bilan maktabni tamomlagan o‘quvchilar oliygohga o‘qishga kirishda ham imtiyozni qo‘lga kiritishi siz-u bizga yaxshi ayon.
Denov tumanida tashkil etilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar” uchrashuvida maktabni 32 nafar oltin va 6 nafar kumush medallari o‘z egalariga tuman hokimi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Qolaversa, tadbirda tuman rahbari Ilhom Abrorov umumta’lim maktablarining 26 nafar 11-sinf o‘quvchisi 2022-2023-o‘quv yilida bitirib, muddatidan oldin OTMlarga o‘qishga qabul qilinganligini alohida e’tirof etib, ularni ayni shu muvaffaqiyati bilan chin dildan muborakbot etdi.
Maktab ostonasidan uchirma bo‘layotgan yoshlar mustaqil hayotga ishonch bilan odimlashayotir. Maktab esa bu bosqichda pillapoya vazifasini o‘tadi deyish mumkin. Tadbir davomida tuman hokimi bitiruvchi o‘quvchilarga beg‘ubor o‘quvchilik yillari ortda qolib, qadrdon maktab, mehribon ustozlar bilan xayrlashib, hayotning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganliklari bilan samimiy qutladi. O‘z navbatida nafaqat iqtidorli va a’lochi o‘g‘il-qizlar, balki ularning ota-onalari ham munosib taqdirlanib, tuman hokimining “Tashakkurnoma”lari taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun