“Mening farzandim – O‘zbekiston faxri”

Date:

Kim ham farzandi yurt faxri bo‘lishini istamaydi deysiz. Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Iste’dod va mehnat-u mashaqqat har bir yoshni u yoki bu sohada, ijodda yoki san’atda yuzaga chiqaradi. Muvaffaqiyatga erishishiga turtki bo‘ladi. Ayni shu muvaffaqiyat esa ota-onani quvontirishi, farzandi bilan faxrlanishiga sabab bo‘lishi aniq.


Xolbuki, yurtimizda, umuman Surxondaryo viloyatida yurt O‘zbekiston faxr-u iftixori bo‘lgan yoshlar talaygina. Ularning erishgan yutuqlaridan nafaqat yoshlarning ota-onalari, yaqinlari, balki el-u xalq g‘ururlanadi. Termiz shahrida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri” loyihasi doirasida viloyatdagi ilm-fanda, madaniyat, san’atda-yu, sportda, axborot texnologiyalari va kitobxonlikda yutuqlarga erishgan yoshlarning aniqlangani fikrimiz dalilidir. Ushbu loyiha ana shunday iqtidor egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi ham.


Yoshlar festivali bahonasida “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri” loyihasining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Albatta, ushbu jarayon taqdirlangan yoshlar qatorida ularning ota-onalarini-da quvontirdi, hayajonga sola oldi. Unutilmas lahzalarga boy o‘tgan marosimda turli yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan 10 nafar yosh va ularning ota-onalari taqdirlandi. Bu esa barcha yoshlarni ruhlantirishi, kelajakda katta maqsadlar qo‘yib, qat’iyat bilan odimlashiga, ota-onalarini-da yuzini yorug‘ qilishiga munosib motivatsiya bo‘lishi aniq.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun