Bolalar va bemorlar ratsionida asal bo‘lishi shart…

Date:

Asalning foydasi haqida juda yaxshi bilamiz. Asal yuqori nafas yoʻllari infeksiyalari alomatlarini yaxshilash bilan birga tanaga quvvat bo‘lib, immunitetni ko‘taradi. Ming dardga davo bo‘lguvchi asalning foydali jihatlarini aslo aytib ado etib bo‘lmaydi. Demak, asal bolajonlarning va betob kimsalarning doimiy ratsionidan o‘rin olar ekan, immunitet pastligidan aziyat chekishmaydi. Tanalariga dard yaqin kela olmaydi. Ayni jihatlarni inobatga olgan holda asal bog‘cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga kiritiladigan bo‘ldi. Bu masala esa hukumat qaroriga ko‘ra, 2023-yilning 1-sentyabridan ko‘rib chiqiladi.
O‘z navbatida bu ishlarning amalga oshirilishi uchun toza va sifatli asaldan foydalanish lozim. Bozor rastalaridagi qanday tayyorlangani bizga ma’lum bo‘lmagan qadoqdagi asal mahsulotlarini ko‘r-ko‘rona xarid qilish yaramaydi. Bog‘chalar va shifoxonalar asal ishlab chiqaruvchi tadbirkorlardangina sifati kafolatlangan asal mahsulotidan olishi talab etiladi. Buning uchun har bir hududda Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi. Yuqorida aytilgan qaror bilan Surxondaryo viloyatida ham Namangan hamda Farg‘ona tajribasi asosida Аsalarichilik sanoat markazi tashkil etiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun