“QALQON” “TOG‘ SARGUZASHTLARI”IDA G‘OLIB

Date:

Yoz aynan xordiq chiqarishning, yil davomidagi charchoqlardan holi bo‘lishning ayni vaqti. Bu vaqtda o‘quvchi-yoshlar ta’tilga, ishchi-xodimlar esa mehnat ta’tiliga chiqib, tog‘ yon bag‘rlariga borib dam olishni reja qilishadi. Ha, tog‘ qo‘ynida, toza va salqin ob-havoda vaqt o‘tkazishga nima yetsin.
Ayniqsa, yoshlar o‘ziga xos tadbirlar uyushtirishni, sarguzashtlarni boshidan kechirishni hush ko‘rishadi. Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ yon bag‘rida o‘tkazilgan “Tog‘ sarguzashtlari” festivalining respublika bosqichi esa ana shunday sarguzashtlarni sevuvchi yoshlar uchun bir imkon bo‘ldi.


Unda respublikamizdagi barcha viloyat BABMlarining to‘garak a’zolari tanlov nizomiga ko‘ra ishtirok etdilar. Ular orasida Surxondaryo viloyati Denov tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Yosh sayyoh” to‘garagi a’zolaridan tuzilgan “Qalqon” jamoasi ham bor edi. Aytish kerakki, festival ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Jamoalarga berilgan shartlar haqiqatan ham esda qolarli va sarguzashtlarga boy bo‘ldi. Asosiysi, barcha vaqtini mazmunli va munosib o‘tkazdi. Asosiysi, ushbu festivaldan boy va o‘ziga xos taassurotlar qoladigan bo‘ldi.
Natijalar ham quvonarli bo‘ldi. Surxondaryoning “Qalqon” jamoasi haqiqatan ham vohamiz sharafini munosib himoya qilib, qalqon bo‘la olishdi va mehnati, harakatlari bilan faxrli 1-o‘rinni egallab, I darajali diplom bilan taqdirlandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun