Azimjonning orzusi ushaldi

Date:

Yoshlarning bandligini ta’minlash muhtaram yurtboshimizning shaxsan e’tiboridagi masala. Shunday ekan, har bir hududda yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ko‘plab ezgu tashabbuslarga, loyihalarga qo‘l urilmoqda. Rahbar va mas’ul lavozimdagi shaxslarga uyushmagan yoshlarning biriktirilib, ular bilan manzilli ishlarni olib borish yo‘lga qo‘yilgani negizida ham ayni shu maqsad mujassam. Xuddi shunday Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi va oʻrinbosariga biriktirilgan yoshlar bilan oʻrganishlar olib borilmoqda.
Bevosita mas’ullar yoshlarning holidan xabar olib, ularning qiziqishlari, orzu va maqsadlari bilan qiziqishayotir. Shundan kelib chiqib, u yoki bu kasb-u korga, sohaga qiziqish uyg‘otishga, hayotda o‘z o‘rinlarini topishi uchun motivatsiya berishga harakat qilishayotir.
Sariosiyo tumanidagi “Anorzor” mahallasida yashovchi Azimjon Odilov ham ishsiz. Qo‘lida guldek hunari bo‘lib, imkoniyati yo‘qligi sabab undan foydalana olmayotgani ayanchli. Boshqarma boshlig‘i bu haqida Azimjonning o‘zidan eshitdi-yu, qisqa muddatda kerakli yordamni ko‘rsatdi. Azimjon va u yanglig‘ ishsiz Javohir Saidovga suv isitish moslamasi hamda sartaroshlik asbob-uskunalari topshirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun