Raqsi ila…

Date:

Raqs insonni san’atga oshno etish bilan birga qomatni raso qilishga yordam beradi. Ayniqsa, qizlarda noziklik, nafislikni o‘rgatadi. Ohangni tinglash, borliqni va tanani-da unutib, musiqa mos tarzda harakat qilishga undaydi. Harakatlar va ohang bir butunlik hosil qiladi. Raqqosa qo‘shiqqa singib ketadi-da, unda yashab boshlaydi. Ana shundagina tomoshabin ko‘nglidan joy oladi, mehr-muhabbat qozona oladi. Buning uchun san’atni, raqsni sevish kerak. Aks holda raqs tushib bo‘lmaydi.


Jarqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat uyida “Besh tashabbus” olimpiadasi 1-mavsumi doirasida raqs tanlovi tashkil etildi. Unda raqsni shunchaki havas emas, hayotining mazmuni deb bilganlar ishtirok etdi. Buni ularga navbat berilganida tushgan raqslari misolida ko‘rish, anglash mumkin bo‘ldi. Har bir chiqish, har bir raqs e’tiborni torta oldi. Mehr va muhabbat qozona oldi.
3 ta yosh toifasida bo‘lib o‘tgan tanlovda yosh istedodli raqs yulduzlari ikki yo‘nalishda: milliy va zamonaviy yo‘nalishlarda yakka hamda jamoaviy tarzda ishtirok etdilar. Turli musiqalar orqali jozibali raqslar ijro etilgan tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun