Tug‘ruq kompleksi ish boshladi

Date:

Farzand kelajak mevasi. Uni dunyoga keltirish uchun bo‘lajak ota-ona eng yaxshi xizmat ko‘rsatadigan tug‘ruqxonani tanlaydi. Albatta, shifokorlarning ham tajribali va qo‘li yengil ekaniga e’tibor qaratishadi. Sababi ana shunday jarayonda onaning ham, dunyoga kelajak bolaning-da sog‘ligi eng birinchi masala. Bu borada esa bandixonliklarni ta’bi biroz xira bo‘lardi. Sababi tumandagi tug‘ruq kompleksi anchayin ta’mirtalab va asbob-uskunalari ham eski. Ammo, ushbu kompleksning kapital ta’mirga tushgani ko‘pchilikni quvontirgani rost. Qisqa muddat ichida ushbu tug‘ruq kompleksi ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy qiyofa aks etdi.


32 o‘rinli yangilangan tug‘ruq kompleksining tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tug‘ruq kompleksining ramziy kalitini topshirdi. Shundan so‘ng, barcha mehmonlar tibbiyot maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, ushbu binoning mana shunday ko‘rinish kasb etishi uchun 6,6 milliard so‘m, zamonaviy tibbiy jihozlar va asbob-uskunalar xaridi uchun qo‘shimcha 400 million so‘m mablag‘ ajratilgan.


Viloyat rahbari hamshiralarga ish faoliyatida foydalanishlari uchun planshetlar va sovg‘alar topshirdi. Bu esa tibbiyot xodimlarini ruhlantirib, sidqidildan mehnat qilishlarida munosib turtki bo‘lib xizmat qilsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun