6 million dollarlik loyihaga tamal toshi qo‘yildi

Date:

Ko‘p hollarda ona suti bilan oziqlanishning imkoni yo‘q bolalarga echki sutini berishlarini tavsiya qilishadi. Sababi echki suti ona suti bilan deyarli bir xil tarkibga ega ekanligi ma’lum tekshiruvlar natijasida o‘z isbotini topgan. Bu esa bola organizmini to‘liq rivojlantirish va mustahkamlash imkonini beradi.
Qolaversa, echki suti aql bovar qilmaydigan foydali xususiyatlarga ega. Muntazam qabul qilish keksayish jarayonini susaytiradi, teri, soch va tirnoqlarni yaxshilaydi. Qalqonsimon bez va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlab, samaradorlikni oshiradi. Xotirani kuchaytiradi, nervlardan, depressiya va stressdan xalos qiladi.


Echki sutining ana shunday foydali jihatlarini bilgan holda Qiziriq tumani “Takiya” mahallasida umumiy qiymati 6 million dollar bo‘lgan, yiliga 9,6 ming tonna sut ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zotdor echki boqish loyihasi amalga oshirilayotir.
Surxondaryo viloyat hokimi esa Qiziriq tumanida bo‘lib, ushbu loyihaga start berib, tamal toshini qo‘ydi. Loyiha orqali foydalanilmayotgan binoni rekonstruksiya qilish orqali echki boqishga moslashtiriladi va echkining “Mursiona” turidan 10 ming bosh boqish yo‘lga qo‘yiladi.
Asosiy yo‘nalishi sut ishlab chiqarish bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 4 million dollarlik mahsulot eksport qilish va byudjetga 6,5 milliard so‘mlik tushum tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, 100 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun