Qandolat sexida…

Date:

To‘y-hasham, tug‘ilgan kun va bazmlarda qandolat mahsulotlariga ehtiyoj sezamiz va buyurtma berishga shoshamiz. Shunday paytlarda tanish-bilishlar orqali tavsiya etilgan joyga murojaat qila qolamiz. Sababi sinalgan mahsulotga nima yetsin. Angorlik Mahbuba Davlatova ham qo‘li shirin, pazanda ayollardan. Opani tanigan-bilganlar yoki bir bora shirinliklaridan buyurtma qilib, mazasini tatib ko‘rganlar faqat va faqat shu qandolatchi ayolga buyurtma qiladigan bo‘ladi.


Tadbirkor ayol qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini dastlab 3 nafar xotin-qiz bilan boshlagan edi. Mijozlar sonining ortib, talabgorlar ko‘payavergach, tadbirkor faoliyatini kengaytirdi. 17 nafar pazanda xotin-qiz bilan ishlay boshladi. Hozirda esa ishchi-xodimlarning soni 20 nafarni tashkil etadi.


Qandolat sexiga tashrif buyursangiz, jarayonga mahliyo bo‘lib, o‘zingiz ham qanday qilib yordamga o‘tib ketganingizni bilmay qolasiz. Qandolatchi opalarning qo‘li-qo‘liga tegmay, pishir-kuydir bilan band bo‘ladi. Ular ishlaridan zavq olib uringanlari uchun ham pishiriqlar-u somcha-chuchvaralarining mazasi og‘izda qolsa kerak.
Ha aytgancha, korxonada 25 xil turdagi qandolat mahsulotlari tayyorlanadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun