Hokim “qizil toifa”dagi yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Qizil rang har doim odamni sergak tortiradi. Masalan, svetaforning qizil chirog‘i yonishi bilan harakatdan to‘xtaymiz. Birdaniga jiddiy tortamiz. Xuddi shunday bugungi kunda yoshlarning ham orasida “Qizil toifa”ga kiradiganlari borligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu toifaga kiruvchi yoshlar ular bilan alohida ishlashni, muntazam nazoratda turishni taqozo etadi.
Joylarda mas’ul rahbarlar ana shu toifaga kiruvchi yosh avlod vakillari bilan uchrashib, ularni tinglayapti, muammosiga quloq tutib, taklifini, tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga imkoniyat yaratmoqda.


Qumqo‘rg‘on tumani “Yangiyer” mahallasida joylashgan 20-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ham tuman hokimi hududdagi “qizil toifa”dagi yoshlar bilan uchrashdi. Va profilaktik nazoratda olingan, provatsiyada turgan, yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan, nogironligi bor, muntazam darslarni qoldiruvchi, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat asnosida o‘z qobig‘iga o‘ralib qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topa olmay qiynalayotgan yoshlar tuman hokimiga yuragini ochishdi. Qiziqishlari, maqsadlari va rejalarini ochiq oydin bayon etdi. O‘zlarini qiynab tugan muammolarini ro‘yi-rost aytishdi. Mutasaddilar ham o‘z navbatida ko‘tarilgan masalalarga yechim izladi. Har bir yoshning dardini o‘ziniki sifatida qabul qilgan tuman hokimi ularga sharoit yaratib berishga, kezi kelsa, qo‘llab-quvvatlashga so‘z berdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun