Bolalar nafaqasi olishning tartibi qanday?

Date:

Moddiy yordam, bolalar nafaqasi tayinlanishida ham ma’lum mezonlarga tayaniladi. Bolalar nafaqasini yoki moddiy yordamolishda yordam berib, ta’ma kutadiganlar ham afsuski topiladi. Yolg‘onlarga ishonganlar esa chuv tushib qolishi hech gap emas. Bunday holatlar, afsuski, qonunchilikdan, tartib-qoidalardan bexabar kimsalar bilan sodir bo‘ladi. Demak, vaziyat kerakli tushuntirish ishlarini olib borishni talab etadi. Aslida esa belgilangan mezonlarga mos keladigan fuqarolarga shu kabi yordam pullarini olish muammo emas. Angor tumanida bolalar nafaqasi, moddiy yordam va davlat pensiya ta’minoti tartib-tamoyillari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida seminar tashkil etildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati, Davlat soliq boshqarmasi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ahamiyati va mazmun-mohiyati hamda qonunchilikdagi yangiliklar tegishli mas’ullarga yetkazildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun