Viloyat hokimi tadbirkor faoliyati bilan tanishdi

Date:

Ekin ekib, daromad ko‘raman degan borki, yilning to‘rt faslida ham mehnat qilib, foyda ko‘rishi mumkin. Dehqonchligu bog‘dorchilikda bugungi kunda ommalashib ulgurgani gulchilikdir. Qumqo‘rg‘onlik tadbirkor Nilufar Musurmonova ham gulchilikda o‘z yo‘lini topib, yaxshigina daromad ko‘rib kelayotgan ishbilarmonlardan. U gulchilik bilan kifoyalanib qolmay, tikuvchilik, turli xil bolalar o‘yinchoqlari, suvenirlar tikib tayyorlab sotishni yo‘lga qo‘ygan. Bu orqali esa 56 nafar xotin-qizning doimiy bandligini ta’minlagan tadbirli ayolning faoliyati ibratga arzigulik. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida qumqo‘rg‘onlik tadbirkor N.Musurmonovaning faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘mak ko‘rsatishini aytib o‘tgan edi.
Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi doirasida Nilufar Musurmonovaning faoliyati bilan tanishib, tadbirkorning turli yo‘nalishlardagi samarali faoliyatini yuqori baholadi. Ayollarni kasb-hunarga o‘rgatayotgani va ish bilan band qilib kelayotganligi uchun o‘zining minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, tadbirkorga ushbu mahalla hududida joylashgan kasb-hunar maktabi binosi negizida hunarmandchilikni rivojlantiruvchi o‘quv kurslarini tashkil etib, vodiydan usta-hunarmandlarni jalb qilgan holda ishsiz fuqarolarni, shu jumladan, ayollarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘quv kurslariga hunarmandlarni jalb etish ishlari viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilishi maʼlum qilindi. Shuningdek, viloyat rahbari tadbirkorning bankdan kredit olish masalasini ko‘rib chiqib, qisqa muddatda hal etish bo‘yicha masʼullarga topshiriq berdi.
Viloyatda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti barqarorlashtirilar ekan, doimiy ish o‘rni yaratiladi. Bozorlarimizda o‘zimiz ytishtirgan mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahsulotlarning tannarxi arzonlashuviga va aholiga yanada qulaylik yaraishga xizmat qiladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot – baxtli kelajak poydevori

Termiz shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamda...

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...
KunTun
KunTun