Oshkoralik ta’minlanadi

Date:

Viloyat hokimligining majlislar zalida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiya”sida belgilangan vazifalar ijrosi hamda taraqqiyot strategiyasini xalq orasida targ‘ibot va tashviqotini kuchaytirishga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Barcha tumanlar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xalq deputatlari tumanlar va viloyat Kengashlari deputatlari, korxona, tashkilot, muassasalar vakillari ishtirok etgan yig‘ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri S. Abduraimov boshqardi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F. Mamanov ma’ruzasida taraqqiyot strategiyasida xalq manfaati yo‘lida ulkan maqsad va vazifalar belgilangani haqida gapirdi, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xalq turmushini farovonlashtirish hamda Vatan taraqqiyotiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

So‘ngra poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan Taraqqiyot strategiyasi markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov “Davlat dasturi.uz” saytida “Inson qadri” portali ochilgani, bu esa xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot ko‘prigi yaratishga xizmat qilishini, joylarda Taraqqiyot strategiyalarida ko‘zda tutilgan loyiha va rejalarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlaridan xalq xabardor etilishi va portal orqali odamlar yutuq va kamchiliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini emin-erkin bildirish imkoni yaratilayotgani xususida atroflicha tushuncha berib o‘tdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Orziqul Soatov, O‘zbekiston Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eshmurodov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlardan ko‘zlanayotgan maqsad va vazifalar haqida o‘z fikrlarini aytib, barchani Konstitutsiyaviy qonun muhokamasida faollikka da’vat etishdi.

Usmonali Normatov,
Naimullo Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun