“Tong yulduzi”da 54 masala hal

Date:

Bugun fuqarolarda mutasaddilarga murojaat qilish madaniyati shakllanib, bemalol rahbarlar oldiga muammo va masalasini ko‘ndalang qo‘yib, takliflarini ham ayta olayotgani ham jamiyatdagi ko‘plab masalalarga ijobiy yechim izlashga turtki bo‘lmoqda.  Kimdir ishga joylashishga ehtiyoj sezsa, yana kimdir kredit olish va o‘z tadbirkorligini boshlash harakatida. Quvonarlisi, ba’zi bir jonkuyar fuqarolar birgina o‘zining emas, xalqning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish uchun ham mutasaddilar eshigini qoqadi.

Erta tongdan “Tong yulduzi”da boshlangan sayyor qabul ham ko‘plarning masalasiga yechim bo‘la oldi, deb bemalol ayta olamiz.

Muzrabot tumanining eng chekka hududi hisoblangan  “Tong yulduzi” mahallasidagi 52-maktabda tuman hokimi  Alimov Erkin Joʻrayevich, sektor rahbarlari hamda tumandagi Xalq qabulxonasi rahbari Akbar Jumaqulovlar rahbarligida  navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Qabulda tuman tashkilot rahbarlari va 55 dan ortiq fuqarolar qatnashdi.

Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer va kredit olish, yoʻllarni taʼmirlash, elektr energiya va gaz taʼminotini yaxshilash, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sogʻliqni saqlash kabi masalalarga oid 54 ta murojaati tinglanib, ularni hal etish choralari koʻrildi.

Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun