Takliflarga munosabat

Date:

Yurtimizda har jabhada o‘zgarishlar va yangilanishlar ketayotgan bir paytda har birimizdan o‘z haq-huquqlarimizni bilish talab etiladi. To‘g‘ri-da, huquqini bilmagan fuqaro qanday uni talab qila oladi? Muhim jarayonlarda ishtirok etib, o‘z talab va taklifini bildiradi.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yuzasidan harbiy xizmatchilar orasida huquqiy savodxonlikni yanada mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyamizga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan berilgan bir qator taklif va mulohazalar yuzasidan ma’lumot berdi. Qolaversa, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga tadbir qatnashchilari tomonidan tushuntirishlar berildi.
O‘ylaymizki, mana shunday ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun