Ish quroling soz bo‘lsa…

Date:

Dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishning-da o‘z mashaqqatlari, muammolari bo‘ladi. Masalan, dehqonga ekin-tikinlarini zararkunandalardan himoya qilish maqsadida o‘g‘it va minerallar kerak bo‘ldi, chorvadorga esa veterinar xizmati.

Shunday paytda xizmat ko‘rsatsih masalasi muammoga aylanishi bor gap. Ulov yollash, olib bor, olib kel masalasi ham vaqtni, ham naqdni oladi. Ana shunday sarsongarchilikka chek qo‘yib, soha vakillarining ish samaradorligini oshirish, yumushlarini yengillashtirish maqsadida kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda. “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida 3 yilga imtiyozli kredit asosida 12 dona muravey-motoroller veterinariya xodimlari va xizmat bilan shug‘ullanuvchi tarmoq MChJlariga topshirildi.

Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur deganlaridek, endi soha vakillari aholiga ko‘chma veterinariya xizmatini, qishloq xo‘jaligi va tomorqalardagi o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalarga qarshi kurashish kabi yumushlarni bajarishda ushbu texnikalardan foydalanishadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun