E’tiborsizlikka e’tibor qaratildi

Date:

Ko‘chaga chiqishimiz bilan xoh piyoda, xoh ulovda bo‘laylik, bir-biridan o‘zarga bellashayotgan dizayndagi do‘konlarni, oshxona va kafelarni tomosha qilib o‘taveramiz. Bordi-yu, savdo nuqtalari nomi tushirilgan banner va peshtoqlarga ko‘zimiz tushsa, ertalabdan asabimiz buzilishi tayin. Chunki, aniq “x” bilan “h” harfi almashib qolgan yo so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan bo‘ladi. Ba’zi harflarning tushib qolishi esa xunuk ma’nolarni anglashtirib qo‘yayotgani ayanchli (Xorij tillarida yozilgan nom va shiorlar hasqida-ku to‘xtalmasa ham bo‘ladi). Kim nima istasa, shuni yozib, ilib qo‘yganga o‘xshaydi. E’tiborsizlik, bilimsizlik ana shunday holatga olib kelayotgani xayolimizning ko‘chasiga ham kelmaydi. Qaniydi, savodli kimsalar bannerlarga yozib berish ishi bilan shug‘ullansa yoki aynan ko‘chalarga ilinadigan yozuvlar to‘g‘riligini nazorat qiladigan tashkilot bo‘lsa? Borlikka bor, ammo siz-u biz bilmasligimiz yomon.

Surxondaryo viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengash yig‘ilishida hududlardagi reklama bannerlari, oshxona, kafe, bar, do‘konlar peshtog‘idagi turli nomdagi yozuvlar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga umuman javob bermasligi tanqid qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgani bu ishda ham ega borligini ko‘rsatib qo‘ydi. Natijada Termiz shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘grisida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha Termiz shahrida o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan xato va kamchliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlar va fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda kerakli tavsiya va ogohlantirishlar berildi.
Umid qilamiz yaqin kunlarda shahar yuzidagi xatolar batamom tuzatiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun