Yangiobodga suv keladi

Date:

Qishloq odami ekin-tikin ekib, bog‘ yaratishi, mol-holni ko‘paytirishi mumkin. Bu bilan ro‘zg‘orini butlab, ortig‘idan daromad ko‘radi. Bobotog‘ hududidagi Yangiobod qishloq ahli ham dehqonchilik qilishni istaydi. Yerga nihol qadab ko‘kartirsam deydi. Ammo, suv tanqisligi bunga to‘sqinlik qilardi. Yashillik unishiga yo‘l qo‘ymasdi.

Bu qishloq ahli uchun katta muammo. Uzun tumani hokimi B.Tursunov esa axiyri muammoga munosib yechim topa oldi. Hokim tashabbusi bilan ekinlarni sug‘orish uchun Yangiobodga suv keladigan bo‘ldi. Tashabbusdan shodlangan qishloq ahli ham suv olib kelish ishlariga uyushqoqlik yordam berayotir. Homiylar va hashar yo‘li bilan suv quvurlari olib kelib yotqizildi. Endi yangiobodliklar ham tomorqadan daromad oladi, ekinlarini o‘z vaqtida sug‘orib, imkoniyatlardan oqilona foydalanadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun