“Talabaga madad”

Date:

Ba’zan barcha shart-sharoitlarimiz muhayyo bo‘lishiga qaramay sabab topib, noliymiz. Imkoniyatlardan unumli foydalanishni bilmaymiz. Bu bilan ko‘p narsalarni boy berayotganimizni tushunganimizda esa kech bo‘lishi mumkin…
Dilafro‘z Toshtemirova nochorgina oilada yashaydi. Imkonsizlikdan o‘ziga imkon qidirishga urindi. Nochorlikdan chiqish yo‘li bilim ekaniga ishondi. Shuning uchun o‘qidi, izlandi. Bo‘sh vaqtidan unumli foydalandi. Izlanishlar samarasi o‘laroq oliygoh talabasi bo‘ldi. Bu Dilafro‘zni quvontirdi. Ammo, shartnoma asosida o‘qishga kirgani biroz xafa qilgani bor gap. Onasini qiyin ahvolga solib qo‘yishni istamaydi-da.
Tavakkal qilib o‘qiy boshladi. “Talabaga madad” loyihasi haqida eshitib qolib, hujjatlarini topshirdi. Hayriyatki, yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi mana shunday loyihalar bor ekan, Dilafro‘zning 30 foiz shartnoma puli to‘lab beriladigan bo‘ldi.
— “Talabaga madad” haqiqatan ham men va oilam uchun katta madad bo‘ldi, — deydi Dilafro‘z. — Shartnoma pulini qanday to‘layman deb o‘ylovda edim. Endi bor e’tiborimni o‘qishga qaratib, sevimli mashg‘ulotlarim bilan bandman.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...

Bolalarning “nuroniy” kutubxonasi

Joriy yil davomida viloyat bolalar kutubxonasi yosh avlodni kitobxonlikka...
KunTun
KunTun