Sotsang pul, so‘ysang go‘sht

Date:

Mutaxassislar doimo kunlik ovqatlanish ratsionimizda go‘sht mahsulotlari bo‘lishini tavsiya qilib keladi. Aslida go‘sht mahsulotlari tarkibida salomatligimiz uchun zarur oqsil, fosfor, magniy, temir, kaliy va boshqa muhim komponentlar mavjud bo‘lib, ular, avvalo, inson tanasidagi mushak to‘qimalarini rivojlantiribgina qolmay, emalni mustahkamlash barobarida, asablarni ham tinchlantirish xususiyatiga ega. Shuningdek, go‘sht tarkibidagi mikroelementlar tanadagi kislorod aylanishini tezlashtirib, qon bosimi bir meyorda bo‘lishini ham ta’minlashga xizmat qiladi.Ayniqsa, parhezbop parranda va quyon go‘shti aholi salomatligi uchun muhim hisoblanadi. Fuqarolarni go‘shtidan-da tuxumi foydali hisoblanadigan tovuq va o‘rdak boqishga ixtisoslashtirish vohadagi ishsizlarni ishli qilish, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi amaliy ishlarning ajralmas qismidir.

Sotsang pul, so‘ysang go‘sht, deya yaxshi niyat ila ish boshlagan angorlik tadbirkor ham xonadonida 100 boshga yaqin tovuq va o‘rdakdan tashqari, quyonlarni parvarishlab, aholiga tuxum va go‘sht yetkazib berishga hissa qo‘shayotganidan mamnun.

Bir so‘z bilan aytganda, Angor tumani “Dehqonittifoq” mahallasida istiqomat qilayotgan Xo‘jaqul Nurqobilov ham ro‘zg‘orini uddalayotganlardan.

Haqgo‘y

Oldingi sahifaYana bir savobli ish
Keyingi sahifaSohibqironni yod etib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun