Sherobodda seminar o‘tkazildi

Date:

Suvni tejash, undan oqilona foydalanish bugungi davr talabi. Hatto, qishloq xo‘jaligida ham bu borada munosib yechim izlash choralari allaqachon ko‘rib boshlangan. Ekinlarni tomchilatib sug‘orish ham suvni tejaydi, ham ekinning vaqti-vaqti bilan tez va samarali sug‘orilishini ta’minlaydi.

Suv tejaydigan texnologiyalardan foydalanish, xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratilayotgani esa nafaqat sohada, balki dehqon va fermerlar uchun ham katta ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi.

Shu maqsadda Sherobod tuman hokimligida qishloq xo‘jaligi vazirligi “Ishchi guruhi”tomonidan Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi dasturidagi mashg‘ulotlar va Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi yomg‘irlatib sug‘orish uskunalarini yetkazib berish va uni to‘liq o‘rnatish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda subsidiya olish, uskunalarni yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun