“Mingchinor”da berilgan va’da bajarildi

Date:

Samarqand shahridagi zavoddan yetib kelgan yangi avtobus Oltinsoy tuman madaniyat bo‘limiga berildi. Uning topshirilishi esa bayramga ulanib ketdi.
Roppa-rosa bir oy muqaddam viloyat hokimi To‘ra Bobolov Oltinsoy tumanidagi “Mingchinor” mahallasida aholi bilan muloqot uyushtirganida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari bilan uchrashgan edi. Ular avtobus ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edilar.
Tumanda hamda viloyat markazida o‘tadigan bayramlar tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokisiz o‘tmaydi. Ayniqsa, xodimlarning chekka mahallalarda tadbirlar o‘tkazishlariga qulaylik yaratish maqsadida avtobus berilganligi quvonchli voqea bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun