Rus tili fani o‘qituvchilari uchun 50 foiz ustama

Date:

Xalq ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti va Gertsen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika Universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha (TRKI – Test po russkomu yaziku kak inostrannomu) sinovlar o‘tkazilgan edi. Mazkur test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga tegishli sertifikatlar topshiriladi. Sertifikatlarni pedagoglar tegishli xalq ta’limi bo‘limidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan olishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19 yanvardagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning fevral oyidan mazkur TRKI S1 sertifikatiga ega bo‘lgan, ta’lim tili rus tili bo‘lmagan maktablar va sinflarda dars beradigan rus tili o‘qituvchilariga sertifikat berilgan sanadan boshlab, 2 yil davomida oylik ish haqlariga 50 foiz ustama belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida shu kunga qadar jami 19 661 nafar rus tili fanidan dars beruvchi o‘qituvchining tilni bilish bo‘yicha ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shundan 6 174 nafar o‘qituvchi Rossiyaning davlat namunasidagi S1 va V2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘ldi. Sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar loyihaning keyingi bosqichlarida imtihondan o‘tish imkoni berilishi mumkin.

Sayyora.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun