E’tiborsizlik — muammoga boshlasa…

Date:

Bozorga yo‘lingiz tushsa, maktab o‘quvchisining arava surayotganiga, savdo bilan shug‘ullanayotganiga guvoh bo‘lasiz. Ota-onalarning farzandlariga bunday e’tiborsizligi, ro‘zg‘or tashvishlarini bolasining kichikkina yelkasiga ortmoqlab qo‘yganidan ko‘nglingiz xira tortadi. Axir, hech bir bola qishki sovuq kunlarda havasga arava tortmaydi.
Ular-ku ro‘zg‘or tashvishida majburlikka mahkum ekan. Ammo, internet kafelaridagi holatchi? Buni qanday tushunish mumkin? Nim qorong‘u xonada diqqatini monitorga qaratgan bolalar kitob o‘qish, dars jarayonlariga ishtirok etish o‘rniga jangarilikni, vahshiylikni targ‘ib etuvchi o‘yinlarni o‘ynayapti.
Ana shunday bosh-boshdoqliklarning oldini olish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi profilaktika inspektorlari tomonidan Termiz shahri hamda Angor tumanida maxsus reyd tadbiri o‘tkazildi. Ota-onalar va o‘qituvchilardan bu borada izoh so‘raldi.
— Dars vaqtida bekorchi ishlar bilan shug‘ullanib yurgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxsni maktabga olib borib, ularning ota-onalari, maktab ma’muriyati bilan tushuntirish ishlarini olib bordik, — deydi Termiz shahar IIB huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktika inspektori Saidkomil Bobojonov. — O‘ylaymizki, tashkil etgan reyd va targ‘ibot tadbirlarimiz foyda berib, o‘quvchi-yoshlarning vaqtini befoyda ishlarga sarflashlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu yo‘lda ota-onalar, mahalla va maktablar bilan hamkorlikda ish olib boramiz.

S.Allayeva,

jurnalist

Oldingi sahifaYo‘l haqi tekin… mi?
Keyingi sahifaXizmatga shay

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatnoma — amaliy harakatlar markazida

Surxondaryo viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi...

Xurmo ko‘chatlari tarqatildi

Uzun tumanida aholi va dehqon xo‘jaliklarida zamonaviy bog‘lar barpo...

Shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida

Surxondaryo viloyatida Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) viloyat bosqichi...

 “Ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

2025-yildan boshlab har yili yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi 14–17 yoshdagi...
KunTun
KunTun