Surxondaryoda qadimiy davrlarga oid yodgorlik topildi

Date:

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida arxeologik tadqiqotlar olib borilganda paleolit davriga oid yodgorlik topilgan. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi Ko‘hitangtog‘ tog‘ tizmasi hududida dala tadqiqotlari o‘tkazilgan. Dastlabki kuzatuvlar natijasida yodgorlik yer sathidan ko‘plab tosh uzaklar, ularning parchalari, uchrindi va plastinalar hamda qurollar yig‘ib olingan.

Yodgorlik madaniy qatlamlari holatini aniqlashtirish uchun 1×2 metr hajmida shurf qazilgan. Qazuv ishlari yer sathidan yarim metr chuqurlikda qoyatosh yotqiziqlarida to‘xtatilgan. Qazuv ishlari natijasida yodgorlik bitta madaniy qatlamdan iborat ekani aniqlangan. Madaniy qatlam kul va kuyindi qoldiqlari bilan qoplangan qoramtir, mayda tarqoq tuproqdan tarkib topgan bo‘lib, unda ham ko‘plab tosh buyumlar va yovvoyi hayvon suyak qoldiqlari topilgan.

Ushbu yodgorlik hududda ilgari topib o‘rganilgan Teshiktosh yodgorligiga xronologik va madaniy jihatdan o‘xshashligi ma’lum bo‘lgan. Yodgorlikdan topilgan tosh buyumlar o‘rta paleolit davriga tegishli bo‘lib, toshga ishlov berish texnikasi va tosh buyumlar madaniy jihatdan aynan Teshiktosh yodgorligi an’analarini takrorlashi aniqlangan.

Qayd etilishicha, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari mazkur yodgorlikda tadqiqot ishlarini davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun