Togʼ bagʼridagi Bogʼcha qishlogʼida maktab, bogʼcha, tibbiy punkt va kutubxona binolari foydalanishga topshirildi

Date:

Voha markazidan 250 km, Sariosiyo tumani markazidan 75 km olisda joylashgan “Sangardak” mahallasi Bogʼcha qishlogʼida Yangi yil arafasida qator ijtimoiy obʼektlar foydalanishga topshirildi.

Prezidentning joriy yil 1-2 iyunь kunlari viloyatga tashrifi chogʼida berilgan topshiriqqa asosan, 400 nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan Bogʼcha qishlogʼidagi bunyodkorlik ishlari uchun 8,7 milliard soʼm mablagʼ yoʼnaltirilib, “Termiz taʼminot sanoat qurilish” korxonasi tomonidan taʼmirtalab holatda boʼlgan 44-umumtaʼlim maktabning mavjud binosi zamon talablariga moslab mukammal taʼmirlandi va 80 oʼrinli yangi qoʼshimcha bino hamda sport zal qurildi.

Shuningdek, 40 oʼrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, tibbiy punkt va kutubxona binolari ham qurilib foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Toʼra Bobolov, sektor rahbarlari, tuman hokimi, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

– Juda qisqa muddatda chekka qishlogʼimizda xalqimiz xayoliga sigʼdira olmaydigan ishlar amalga oshirildi. 6 oyda shunday koʼrkam binolar qad rostladi, yoʼllar qurildi. Bularni koʼrib, rosti, nevaralarimga havas qilyapman. Biz togʼliklar Prezidentimizga cheksiz rahmat aytamiz. Bu ishlar inson qadri ulugʼlanishining amaldagi yaqqol isboti, – deydi Bogʼcha qishlogʼi nuroniysi Аllaberdi ota Bekov.

Tadbirda viloyat Madaniyat boshqarmasi va hududiy boʼlimlari ijodiy jamoalari tomonidan bayramona dasturlar namoyish etildi.

Maʼlumot oʼrnida, “Sangardak” mahallasining Bogʼcha qishlogʼida joriy yilda davlat dasturi asosida qurilishi boshlangan 22 km masofadagi avtomobil yoʼli 2022 yilda foydalanishga topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun