Denovdagi portlashning sababi ma’lum qilindi

Date:

Denovdagi ikki qavatli savdo majmuasidagi portlash, dastlabki taxminlarga ko‘ra, gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan. Bu haqda FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, portlash oqibatida kamida 9 kishi tan jarohati olgan2 kishi halok bo‘lgan

“Portlashning taxmin qilinayotgan sababi bu — savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi. Xavotirga o‘rin yo‘q. Hozirgi vaqtdagi asosiy taxminga ko‘ra, savdo majmuasi ichidagi gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalari buzilish oqibatida gaz-havo aralashmasi hosil bo‘lganligi va portlash aralashmaning chaqnashi oqibatida yuz bergan”, — dedi Muzaffarov.

FVV vakilining qo‘shimcha qilishicha, savdo majmuasi atrofidagi bir nechta aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlari binolariga, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ziyon yetgan. “Hozirda baxtsiz hodisaning oqibatlarini bartaraf etish borasida FVV, IIO, Milliy gvardiya va tegishli idora va tashkilotlarning xodimlaridan iborat ishchi guruhlar ishlarni amalga oshirmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...

Ijara munosabatlarida yangi qoidalar

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yer va ko‘chmas mulkni ijaraga berish...

Omonxonada yangi savdo majmuasi ish boshladi

Hududlarni obod qilish, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish va...

Qishloqlar qiyofasi yangilanmoqda

Qishloq va mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholiga qulay yashash...
KunTun
KunTun