«Arilarim bol ila omad keltirdi»

Date:

Yurtimizda aksariyat ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbaini shakllantirish maqsadida asalari uyalari tarqatilayotgani bor gap. Asalarichilik bilan mashg‘ul bo‘lib, dong taratganlar haqida gap ketsa, sho‘rchilik Ramazon Jummayevni tilga olmaslikning imkoni yo‘q. U mehnati ortidan qahramonimiz Prezidentimizning qo‘llaridan ‘‘Shuhrat’’ medalini qabul qilib oldi. Unga tom ma’noda omad keltirgan asalarichilik haqida gap boshlasangiz, Ramazonning yuragini hayajon bosadi.

Bundan qariyb ellik yillar muqaddam Ramazonning katta bobosi Jumma Sharipov asalarichilikka qiziqib qoladi. Shundan so‘ng, xonadonida o‘n besh quti asalari parvarishlashga tutinadi. Shu-shu u kishining farzandlari ham, nabiralari ham asalning ta’mini, asalchilikning hadisini olib, oilaviy kirishgan. Sho‘rchi tumani, Ibn Sino mahallasida istiqomat qilayotgan Ramazon Jummayev asalarichilikda uchinchi avlod sanaladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon asalarichilikda yaxshigina nom qozonib ulgurgan Ramazon asalchi bugun 1 400 oila asalari parvarishlamoqda. Mavsumida 10-15 nafar yoshni ishga jalb qiladi. Otasi Hasan aka va akasi Jasur bilan birga oilaviy asalari boqish ortidan yaxshigina daromad topib, ro‘zg‘orini butlayotgan, odamlarga asalari oilalari va asal mahsulotlarini yetkazishda hissadorga aylangan qahramonimiz ayni qizg‘in ish pallasida. Negaki, asal faqatgina bahor va yoz oylarida yig‘ib olinadi. Hosil yig‘ish ishlari esa baravj.

Asalarichilik yangi va endigina rivojlanib borayotgan, shu bilan birga serdaromad. Asalchi qahramonimizdan masalaning bu tomonlarini ham so‘raganimizda, har yili 10 tonnadan 15 tonnagacha asal olisharkan. Olingan asalni sotish esa muammo bo‘lmaydi. Mahsulot bozorgir. Qahramonimizning ‘‘Shuhrat’’ medali bilan taqdirlanganidan keyingi mukofotning mas’uliyati ish hajmining yanada oshishiga, faoliyatini kengaytirib, yoshlarni ishli, odamlarni asalli qilishga chog‘langanida yaqqol ko‘rinadi.

Adolat MO‘MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun