Surxondaryoda uy olib berishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Date:

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida uy olib berishini aytib fuqaroning pullarini o‘zlashtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 24 noyabr kuni Sherobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, tumanning Galaguzar mahallasida yashovchi R.Rustam tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

R.Rustam arizasida 2019 yil 19 oktabr kuni Sherobod tumani Ho‘jgi mahallasida yashovchi D.Dildora uning ishonchiga kirib, uy olib berishini aytib 72 million 314 ming so‘m pullarini o‘zlashtirib ketgani haqida yozgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni D.Dildoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun