BMT Аfgʼonistonga insonparvarlik yordami joʼnatdi

Date:

Ushbu kontent faqat obunachilar uchun

Iltimos, ushbu kontentni ochish uchun obuna bo'ling. Kirish uchun elektron pochtangizni kiriting.
Sizning elektron pochta manzilingiz spamdan 100% xavfsiz!

Bugun, 15 dekabr kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti Qochoqlar ishlari boʼyicha oliy komissari Boshqarmasining gumanitar yuki ortilgan ikkita maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Аfgʼonistonning Mozori Sharif shahriga joʼnatildi.

Insonparvarlik yordami BMT Qochoqlar ishlari boʼyicha oliy komissari Boshqarmasining Surxondaryo viloyatidagi “Termez Cargo Centre”da Oʼzbekiston hukumati koʼmagida tashkil etilgan gumanitar markazidan yuklanib, qoʼshni davlatga yuborildi. Zamonaviy terminal Oʼzbekiston – Аfgʼoniston chegarasidan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan boʼlib, bu yerda yuklarni saqlash va qoʼshni mamlakatga joʼnatish uchun yetarli sharoit yaratilgan.

Аfgʼonistonga yuborilgan dastlabki qirq tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat.

Gumanitar yordam yuklari joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida havo va quruqlik orqali Termizga yetkazilib, “Termez Cargo Centre” terminalida saqlanayotgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun