Imtihon vaqti o‘zgaradi

Date:

O‘qishga kirish uchun imtihonlarga ham fursat oz qoldi. Bu esa abituriyentlar uchun hayajonli va intiqlik bilan kutilgan onlardir. Yil davomida o‘rganganlari, o‘qish va izlanishlarining sinovi bo‘ladi imtihon. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy — imtihon qachon va qanday tartibda o‘tkaziladi? Sababi pandemiya sharoiti sabab shu paytga qadar bir qancha o‘zgarishlar bo‘lib, ochiq maydon va stadionlarda ham imtihon o‘tkazilgan edi. Aytish kerakki, 2023-2024-o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari vaqti o‘zgardi.
Haqiqatan ham avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani uchun 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha imtihon topshirilgan edi. Sababi esa boshqa vaqtda havo harorati issiq bo‘ladi.
3 yillik tanaffusdan so‘ng test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkaziladi va endilikda vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli, xuddi 2018-2019-yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun