Talabalar turar joyi qurilmoqda

Date:

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz shahrida filiali ochilishi Surxondaryo viloyatida mutaxassislar yetishmovchiligini bartaraf etadi. Aytish kerakki, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida 3 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 8 ta klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha 2,5 mingga yaqin talaba tahsil olib kelmoqda. Oliygohda yildan-yilga talabalar soni ortib borayotgani esa qo‘shimcha talabalar turar-joylariga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Ana shu talab va ehtiyojni qondirish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida 400 o‘rinli yangi turar-joy binosi qurilayotgani filialda o‘qiyotgan talaba-yoshlar uchun anchayin yengillik tug‘diradi. Ayni paytda talabalar turar joyining qurilish ihslari boshlab yuborilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bevosita qurilish ketayotgan maydonda bo‘lib, qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida barcha qulayliklarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan yotoqxonaning qurilishi qizg‘in tus olgan. Shu bilan bir qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi ham reja qilingan bo‘lib, viloyat rahbari ushbu loyihaning taqdimoti bilan tanishdi.
Viloyat rahbari olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirish, talabalar turar-joyini kelgusi o‘quv yilidan boshlab foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, shuningdek, taqdimot qilingan loyihalarni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun