TARAQQIYOT STRATEGIYASI AMALDA

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinishi bilan 5 yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan va 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan. Strategiya doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va tuman bo‘limi viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.


Tashkil qilingan o‘quv davomida ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash davlat va jamiyat imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Yakunda berilgan test topshiriqlarini muvoffaqiyatli topshirgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Sayyora

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun