Qizlarimiz turmushga tayyormi?

Date:

Turmushda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oldini olishning eng maqbul yo‘li bu avvalo, qizlarimizning huquqiy savodxonligi, oila-turmush munosabatlariga oid bilimlarini mustahkamlash, deb hisoblayman. Sababi, bunday bilimga ega dono qizlar oiladagi har qanday vaziyatga yo‘l topa oladi. 

Shu bois, bu galgi targ‘ibot tadbirimiz Termiz davlat universiteti talaba qizlari davrasida bo‘ldi. “Yangi O‘zbekiston yoshlari oilaviy zo‘ravonlikka qarshi”, “Talaba qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish” mavzusida yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida, umuman, bugun xotin-qizlarimiz qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi haqida so‘z bordi.

Tadbirda viloyatdagi “Buvijonlar maktabi” a’zolari o‘z tajribalar, ruhshunoslar esa maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mohinur Qurbonova,

Viloyat IIB HPB xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha katta inspektori, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun