Qoʻchqor Norqobil Oltinosoyga qaytdimi?

Date:

Dunyoda shoir koʻp. Ammo, salmoqli ijod qilib, yuraklarni sel qiladigani, qalami bilan choʻqqilarni zabt etadigani, har satri tarixga muhrlanadiganini koʻp deb ayta olmaymiz. Surxonning suvidan sipqorib, tuz-noni, oshidan totinib, taftli haroratidan bahra olib, qalamga oshno tutinib, qoʻliga qalam olganlarini ana shu biz sanaydigan koʻplar safiga hech ikkilanmasdan qoʻsha olamiz. Shu jumladan, oltinsoylik Qoʻchqor Norqobilni ham.
Otashnafas, qalami oʻtkir, ijodda tub burilish yasay olgan ushbu ijodkor oʻzi tugʻilib oʻsgan zaminda ziyolilar, kitobxonlar va yoshlar bilan uchrashib, kitob va kitobxonlikni, adabiyotni targʻib etuvchi ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish ishtiyoqida Oltinsoyga keldi.
Yozilajak yangi asarlariga qahramonlar va mavzular izlamoqda. Izlanuvchan yoshlarga adabiyot sohasidagi bilim va tajribasini oʻrgatyapti.
Yaratgan yarlaqagan iste’dod egasi Qoʻchqor Norqobil she’riyatini sevadigan, ijodini intiqib kutadigan, muntazam oʻqib oʻrganib boradigan yoshlar uchun bu oʻziga xos yangilik boʻldi. Sevimli shoirdan maslahat va tavsiyalar olish, suhbatiga oshno tutinib, ijod namunalaridan bahramand boʻlish ular uchun olam-olam quvonch bag‘ishlagan boʻlsa ajab emas.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun