Uzun tumanining Mehnat mahallasida 150 o‘rinli 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida deputatlar, tuman hokimligi mas’ullari, nuroniylar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi. Marosim davomida ramziy lenta qirqilib, mehmonlar bog‘chada bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining ish boshlashi mahalladagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirib, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.

