Yoshlar iqlim kelajagi uchun birlashdi

Date:

Samarqandda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan “RCOY Central Asia 2026” Markaziy Osiyo yoshlar konferensiyasi doirasida yuqori darajadagi tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan 100 ga yaqin yosh ekofaol va ekspert ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan Mintaqaviy yoshlar bayonoti taqdim etildi. Hujjatda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yoshlarning iqlim siyosatidagi ishtirokini kengaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar jamlangan.

Yuqori darajadagi segmentda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paullier, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari hamda xalqaro tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Yosh vakillar Bayonotning asosiy takliflarini taqdim etib, hujjatni yuqori darajadagi mehmonlarga rasman topshirdilar.

Mazkur muloqot Markaziy Osiyo yoshlarining iqlim siyosatini shakllantirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun