Loyihalar ijrosi ko‘zdan kechirildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining Navshahar mahallasida bo‘lib, Prezidentning 141-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilishni jadallashtirish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mas’ullarga 141-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda infratuzilma obyektlarini sifatli barpo etish ishlarini tizimli davom ettirish vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun