Bunyodkorlik tajribasi hududlar uchun namuna bo‘lmoqda

Date:

Mahallalarni zamonaviy qiyofaga keltirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu maqsadda Muzrabot tumanining Do‘stlik mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari viloyatdagi shahar va tuman hokimlariga namunali tajriba sifatida taqdim etildi.

Qisqa muddatda mahallada 24 metr kenglikdagi markaziy ko‘cha asfaltlashtirilib, zamonaviy piyodalar yo‘laklari, tungi yoritish tizimi, lotok va beton ariqlar barpo etildi. Xonadonlarning fasadlari yangilanib, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tashrif davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bunyodkorlik ishlarini boshqa hududlarda ham keng joriy etish, barcha loyihalarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun