SURDO AI – milliy yechim

Date:

Inklyuziv jamiyatni barpo etish va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay muhit yaratish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi tomonidan eshitishi va gapirishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolar hamda jamiyat o‘rtasidagi muloqotni yengillashtiruvchi SURDO AI mobil ilovasi yaratildi.

Ilova smartfon kamerasi orqali imo-ishoralarni taniydi, ularni real vaqt rejimida matn va ovozga aylantiradi. Shuningdek, ovoz va matnni imo-ishora tiliga o‘giradi, foydalanuvchilar o‘rtasida tezkor muloqotni ta’minlaydi hamda maxsus ta’lim moduli orqali imo-ishora tilini o‘rganish imkonini beradi.

SURDO AI mobil ilovasi App Store va Google Play platformalarida barcha foydalanuvchilar uchun bepul foydalanishga taqdim etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun