Munosiblar taqdirlandi

Date:

Ta’lim sifatini oshirish, tizimda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish hamda fidoyi rahbarlarni rag‘batlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan “Eng yaxshi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri” tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan uch nafar bo‘lim mudiri 30 million, 20 million va 10 million so‘mlik pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha tuman va shahar maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limi mudirlari 7 million so‘mdan pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritayotgan rahbarlarni e’tirof etish, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish hamda ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun