“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15-dekabrdan 15-yanvargacha “Vatanparvarlik oyligi” doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tantanali tadbirlardan biri shahrimiz markazida joylashgan “Vatanparvarlar” bog‘ida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, kelajagimiz posboni” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirlar doirasida sport musobaqalari ham o‘tkazilib, yoshlarning jismoniy chiniqqanligi va vatanparvarlik ruhi namoyon bo‘ldi.

Xususan, tosh ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha bellashuvlarda Termiz davlat universiteti talabalari faol va jips jamoa sifatida ishtirok etib, yuksak sport mahoratini namoyish etdilar. Musobaqalar yakunida TerDU talabalari har ikki yo‘nalishda faxrli 1-o‘rinni egallab, Vatan himoyachilariga munosib ehtirom va yoshlarimizning kuch-g‘ayratini yana bir bor namoyon etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun