“Haqqim bor” — e’tirof etildi

Date:

O‘zbekiston kinosi yana bir bor xalqaro maydonda yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, ularning huquqlari va jamiyat mas’uliyati mavzusini yoritgan “Haqqim bor” qisqa metrajli filmi xalqaro ekspertlar tomonidan “Yilning eng yaxshi loyihasi” deb topildi hamda nufuzli “Staff Pick” tanlov belgisi bilan taqdirlandi.

Mazkur film “European Film Academy va Vimeo” hamkorligida shakllantiriladigan “Best Branded Videos 2025” to‘plamiga ham kiritildi. Minglab loyihalar orasidan saralangan bu yutuq o‘zbek kinosining ijodiy salohiyati va global miqyosdagi nufuzini yaqqol namoyon etadi.

Rejissyor Lado Kvataniya tomonidan O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida suratga olingan “Haqqim bor” filmi mamlakatimizning Bogota chaqiruviga qo‘shilishi doirasida yaratilgan bo‘lib, ilk bor 2025-yil may oyida xalqaro konferensiya doirasida namoyish etilgan. Bu yutuq — milliy san’atimiz va ijtimoiy mas’uliyatli kino taraqqiyotining yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun